
RPL. TsSKA o‘z maydonida "Akron"ni mag‘lub etdi
RPLning 6-turidan o‘rin olgan bahsda TsSKA o‘z maydonida "Akron"ni mag‘lub etdi.
Armiya terma jamoasi safida Tamerlan Musaev, Ivan Oblyakov (dubl) va Moises gol urishdi. Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev bu bahsda o‘z hisobiga assist yozdirib qo‘ydi.
Abbosbek Fayzullaev 80 daqiqa maydonga harakat qilgan bo‘lsa, Sherzod Esanov 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
Bugungi bahsdan so‘ng, poytaxtning TsSKA klubi Rossiya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Moskvaliklar olti o‘yindan so‘ng 10 ochko to‘plashdi.
Fikrlar