Ro‘ziqul Berdiev: "To‘g‘risi, Qo‘qon-1912"dan cho‘chigandik, chunki...

  • 2 may, 2022, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda dastlab “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

Tecno

- Ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. Qiyin kechgan o‘yinning oxirida omadimiz keldi. Standart vaziyatdan yaxshi foydalanib, g‘alabaga erishdik. Lekin jamoamning o‘yini meni ancha qoniqtirmadi. Buni bilardim, chunki jamoamning holati biz kutgan darajada emasdi. Shunga qaramasdan muhim g‘alaba qozonib uch ochkoga ega bo‘ldik.

- “Nasaf” ikkita vaziyatda feyr-pleyga amal qilmaganga o‘xshadi...

- Men o‘sha vaziyatda o‘yinchilarimdan atayin so‘radim. Agar holatni takror ko‘rib chiqsanglar, to‘p Slavko Lukichda edi. Oldinga pas beraman deb xato qildi. Shundan keyin bizga to‘p kelib tushdi. Albatta, biz o‘sha vaziyat uchun futbolchilar bilan gaplashamiz. Ammo ba’zi vaziyatlarda biz ham, ular ham feyr-pleyga amal qilishmadi. Bu – futbol va qaerdadir bunday holatlar bo‘ladi.

- “Nasaf” gol urgan vaziyatdan oldin darvozabonga nisbatan qoida buzilgandek ko‘rindi. O‘sha holat uchun nima deysiz?

- Hakamlar o‘sha vaziyatga yaqin turishgandi. U erda standart holat edi. Bunday paytda har bir epizod hakamlarning diqqat-e’tiborida bo‘ladi. Menimcha, u erda hech qanaqa xatolik bo‘lmagan.

- “Nasaf” Osiyo Chempionlar ligasining keyingi bosqichiga chiqdi va jamoaning ayrim futbolchilariga takliflar borligi aytilyapti...

- Menga bunday takliflarni hech kim bildirgani yo‘q. Lekin o‘sha erda juda ko‘p jamoalarning agentlarini ko‘rdik. Ammmo aniq takliflar bo‘yicha menga ham, klubga ham hech kim murojaat qilmadi.

- To‘g‘risini aytganda, “Qo‘qon-1912” jamoasining bugungi o‘yini durangga mosmidi?

- Albatta, bizga ozgina omad kulib boqdi. Bugungi o‘yinda shamolning esib turgani qaysidir darajada sifatga ham ta’sir qilgandir. To‘g‘risi, Qo‘qon jamoasidan cho‘chigandik. Chunki o‘z jamoamning holati yaxshi emasdi. Safarda og‘ir uchrashuvlarni o‘tkazib keldik va qaytganimizga endi uch kun bo‘lgandi. “Qo‘qon-1912”ning oxirgi o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Ko‘proq uzun paslar va standart vaziyatlarga suyanadi. Shuning evaziga yigitlarga standart holatlarda ehtiyot bo‘lishlarini ta’kidlagandik. Menimcha, yaxshi harakat qildik. Qo‘qonliklar ko‘proq standartlarga tayangani uchun bizga osonroq bo‘ldi. Lekin bizga nisbatan mezbonlarning harakati yaxshiroq edi. Shu o‘rinda yurtdoshlarimizni Hayit bayrami bilan tabriklaymiz. “Qo‘qon-1912”ga keyingi uchrashuvlarida omad.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Nasaf Qarshi
03/05/2022 07:35
Худо хохласа 7 май куни Пахтакорни хам камида 3-0 га ютади Насаф, Пахтакорда химоячини узи колмаган, сочиб ташлайди Насаф!
Ffssdgg Vtrdfg
02/05/2022 22:41
Насаф барибиб насафда Узбекистонда 1чи ракамли жамоа табриклайман галаба билан.
&
Nasaf Qarshi
02/05/2022 21:58
6 та кийин уйин утказиб натижа килиб келди Насаф, Баркалла, ким нима деса десин лекин бугун Насаф галабага лойик эди ва эришди!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
02/05/2022 21:42
Quqonlik muhlislar mard lekin ochigi bugun bunchalik ketadi deb uylamovdim Ashurmatovni. shunchalik ham uyinni chuzish mumkinmi 1 taym 2 taym gol bulguncha Quqon uyinchilari uyin tempini buzush bilan. shugullandi. Nasaf uzi shundoq ham ezilib charchap kelgan uynamaysanmi. Nasaf bachalari bunoqa uyinlar bilan uyin cheroyidan chiqib ketadi. chunki raqibla umuman uynamayapti
&
Nasaf Qarshi
03/05/2022 07:33
Насафга канча куп уйин булса шунча тезлашиб кетаверади!