Ro‘ziqul Berdiev: "Qo‘qon-1912" jamoasi ruhiyatida pasayish bor va bu bizga qo‘l keldi

  • 19 may, 2019, 00:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uchrashuvdan so‘ng "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev bellashuv haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

"O‘ylaymanki, bugun haqli g‘alabaga erishdik. O‘yinimiz yaxshi chiqdi va ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Yigitlar men bergan ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi va g‘alabaga erishdik. Kiritgan ikki golimizdan boshqa yana ko‘plab imkoniyalarga ega bo‘ldik. Balki ulardan foydalana olganimizda hisob bundan-da yirik ko‘rinish hosil qilishi mumkin edi. Bizga g‘alaba kerak edi va bunga erishdk.

To‘g‘ri Humoyun Murtazoev qulay imkoniyatlarni ko‘kka sovurdi. Amo bugun u ikkita gol kiritdi va buning uchun rahmat aytish lozim. Bugun g‘alaba qozondik va bunga e’tibor qilmasdan, ko‘z yumsak ham bo‘ladi. 

Bobur Abduholiqov jarohati bois uzoq vaqt o‘yin amaliyotisiz qoldi. 4 kundan buyon umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelmoqda. Kecha bir taym U21 Birinchiligida o‘ynadi, bugun ham unga imkon berdik. O‘ylashimcha, u hali o‘z so‘zini aytadi. Jismoniy jihatdan tayyor bo‘la olsa, hali ko‘plab bellashuvlarda uning foydasi tegadi.

"Lokomotiv" jiddiy raqib. Ushbu bahsga ham har doimgidek tayyorgarlik ko‘ramiz va bu bellashuvda yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

Sardor Abduraimovda jarohat yo‘q. U deyarli barcha o‘yinlarda maydonga tushdi va dam olish imkonini berish maqsadida bugun Sharof Muhitdinovga imkoniyat berishga qaror qildim. U bizning asosiy tarkib futbolchimiz sanaladi, qolaversa, Muhitdinov ham yomon harakatlanmadi.

Bahs Qo‘qonda kechganida raqib maydon egasi sifatida yaxshiroq harakat qilgan bo‘lar edi. Qo‘qonliklarda ruhiyatida pasayish bor va bu bizga qo‘l keldi. Lekin ular tajribali murabbiy va futbolchilarga egalar va faqat yaxshi fikrlarni ayta olaman. Ruhiy jihatdan o‘zlarini tiklab olishsa, ularning yorqin o‘yinlari hali oldinda", - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!