Ro‘ziqul Berdiev: "Paxtakor" yaratgan vaziyatlar butun mavsumga etsa kerak"

  • 28 aprel, 2022, 20:36
  • Karim Xudayqulov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun OChLda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Nasaf" jamoasi Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonga qaytib keldi. 

"Ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev kutib olish jarayonida jurnalistlar tomonidan berilgan bir qator savollarga javob berdi: 

- Bizning guruhdagi jamoalar kuchli edi. Shunga qaramay, yigitlar ushbu uchrashuvlarga yaxshi ruhiy tayyorgarlik ko‘rdi.

Tecno

- Jamoa qancha ko‘proq bellashuvlarda ishtirok etsa, o‘yin amaliyoti oshib boraveradi. Buni futbolchilarim amalda ham ko‘rsata oldi. Tarkibimizda yo‘qotishlar ko‘p bo‘lganiga qaramay, ishtiyoq hamda xohish tufayli keyingi bosqichga chiqdik. Bu kichik bo‘lsa ham futbolimiz uchun yutuq hisoblanadi.

- Sherzod Nasrullaevning yo‘qligi bilindi. U to‘p tepayotgan chap qanot himoyasida boshqa o‘yinchimiz yo‘q edi. Alibek Davronov ushbu pozitsiyada o‘ynab berdi va u amalda ishonchimizni oqladi. Shunday bo‘lsa-da, G‘olib G‘aybullaev va Sherzod Nasrullaevning jarohati o‘yinimizga ta’sir o‘tkazdi.

- Keyingi bosqichdagi raqib haqida gapiradigan bo‘lsak, "Al-Shabab"da bir nechta legionerlar bor. Saudiyada har bir klub kuchli ekanligini bilamiz. Bu bahs ham biz uchun oson bo‘lmaydi. Biroq guruh bosqichidagi bellashuvlarda tajribani oshirib oldik. O‘ylaymanki, bu bizga as qotadi.

- So‘nggi o‘yin oldidan deyarli keyingi bosqichga chiqqanimiz yigitlarga ta’sir qildi. Bu maydonda ham sezildi. Men ularni bo‘shashmaslikka chaqirdim. Sababi, vazifani aniq bajarmagan edik.

- "Paxtakor" ham yomon o‘ynamadi. Ularning yaratgan vaziyatlari butun mavsumga etsa kerak. O‘ylaymanki, ikkala klubimiz ham yaxshi daraja ko‘rsatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Tohirbek
29/04/2022 08:43
Nasafga omad Al Shababni xam yutadi nasib
&
Nasaf Qarshi
28/04/2022 22:49
Рахмат Бердиев, йигитларда Ватан хисси сезилиб турди, биз биламизки Насафда иш хаки буйича хам карздорлик бор булишига карамасдан яхши уйин курсатишди, яратганни узи куриб турибди йигитлар! Яна бир марта размат, Насафдан супер лигада чемпионлик кутиб коламиз!
Umar As
28/04/2022 23:23
Nemativ zur uynadi
Хужакулов Хуршидбек
28/04/2022 22:28
Рўзи акага гап йўқ
Шухрат Жураев
29/04/2022 11:01
Пахтакор судясиз уйнайди
. мансур
28/04/2022 22:46
Пахтакор ОЧЛда ҳамма ўйинларда дарвозабонсиз ўйнаганини ҳам ҳисобга олиш лозим