
Ro‘ziqul Berdiev: "O‘yinda tezlik va sifat yuqori emasdi"
O‘zbekiston Superkubogi uchun bahsda "Paxtakor" "Nasaf"dan ustun keldi. O‘yindan so‘ng "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
-O‘yinda tezlik va sifat yuqori emasdi. «Paxtakor»ga qarshi uchrashuvga yaxshilab tayyorlangandik.
-Bellashuvdan oldin kimdan xavf kutilishi mumkinligini aytgandik. Biroq, gol kiritilgan vaziyatda himoya chizig‘imizda parokandalik yuzaga keldi.
-Bugungi bahs xuddi o‘tgan yilgi O‘zbekiston kubogi finaliga o‘xshab ketdi, ammo biz yutqazdik.
Fikrlar