
Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf"ning OChLdagi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Ash-Shabab" - "Nasaf" uchrashuvida saudiyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvdan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Hozirgi holatimizda "Ash-Shabab"ga qarshilik ko‘rsatishga tayyor emasdik. O‘yin og‘ir o‘tishini bilardik. Shunga qaramasdan hisob 0:1 bo‘lgan vaziyatda golli imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Raqib bugun g‘alabaga haqli edi".
Fikrlar