Ro‘ziqul Berdiev Marko Stanoevichni hujumda sinab ko‘rmoqchimi?

  • 28 aprel, 2021, 23:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi doirasidagi “Nasaf” – “Bunyodkor” (1:1) jamoalari ishtirokidagi uchrashuv yakuniga etganidan keyin maydon egalari bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritish oson bo‘lmadi. Guruhimizdagi barcha jamoalar teng kuchga ega edi. Bugungi uchrashuv og‘ir kechdi, bunga bir nechta sabablar bor. Buni o‘zimiz bilamiz va xulosalar chiqaramiz. Balki tezkor golimiz o‘yindagi shiddatimizga ta’sir qilgandir. Qarshi hujumlarda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. “Bunyodkor” ko‘proq tavakkal qilib, hujumga berildi. Natijada biz qarshi hujumlarimizni boshlay olmadik ham, oxiriga ham etkaza olmadik. Nimagadir bugun etakchilarimiz biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadilar. Bu umumiy o‘yinimizga ta’sir qildi.

- Marko Stanoevichni hujumda sinab ko‘rish fikri tug‘ilganmi?

- O‘ylashimcha, Stanoevichni hujumdagi xususiyatlari bo‘lmasa kerak. Buni sinab ham ko‘rmasak kerak. U yarim himoyada yaxshiroq harakat qiladi.

- Oybek Bozorov qachon maydonga qaytadi?

- Yuklamalarni olyapti. Individual mashg‘ulotlar bilan tiklanyapti. Yana bir hafta ichida qaytadi.

- Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasidan keyin “Nasaf”da o‘ylangan hujumlar, uzoqdan zarbalar kamayib ketdi...

- O‘zim ham tan olyapman, kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadik. Bundan xulosa chiqaramiz.

- “Bunyodkor” bilan chempionatdagi o‘yinda nima kutyapsiz?

- “Bunyodkor”ning qanchalik kuchga egaligini bugun ham ko‘rdik. Bu o‘yinga jiddiy qaraymiz.

- Balki chempionat uchun futbolchilar ko‘p kuch sarflamagandir?!

- Balki yigitlar Kubokdagi durang natija bizni qoniqtirish uchun shunga qarab ham o‘ynashgandir. Buni chuqurroq o‘rganamiz.

- Dilshod Saitovning o‘yini borasida nima deysiz?

- Hozir o‘ziga ham aytdim, Dilshod o‘z darajasiga qaytishi kerak. Buni birgina unga emas, ko‘p o‘yinchilarimizga ta’kidladim. Bu borada ularga yordam beramiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
29/04/2021 09:26
Бунедкорни Насаф хохласа бир оек билан ютади, гапимга жавоб, Насафга дуранг хам етарли эди, чемпионат уйинида бошкача уйин булади!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
28/04/2021 23:40
Oddiy taktika. Ruzi aka. chempionatka olib quydizki. bulmasa bachalariz hohlasa bemolol qushib oladiki Agar Nasaf bachalari hohlasa maydonga bachala shunoqanki yuguradi aka. Uziz ham bilasizku. Bunyotkor maydoniga qurqmay maydonga tushadi. aniq. siz esa. paytdan foydalanib. solib qaytasiz. aka. aniq.