
Ro‘ziqul Berdiev mag‘lubiyatga izoh berdi
Kecha O‘zbekiston Liga Kubogining 2-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi. “D» guruhida «Andijon» jamoasi Qarshining «Nasaf» klubini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan holda guruhda yaqqol peshqadamlik qilishmoqda. “Nasaf” esa 3 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. Liga Kubogidagi dastlabki mag‘lubiyatdan keyin esa qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev bunga quyidagicha izoh berdi:
- Bu uchrashuvda ikkala jamoa ham to‘liq tarkib bilan o‘ynamagan bo‘lsa-da, o‘ylaymanki, uchrashuv muxlislarga ma’qul keldi. Kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan futbolchilarga imkoniyat berdim.
Umuman olganda, yigitlarimiz yomon o‘ynashmadi. Faqat bellashuv oxirida belgilangan penaltida yigitlar biroz e’tiborni yo‘qotishdi. Albatta, futbolchilarimiz ushbu penalti uchun norozichilik bildirishdi. Lekin hozir bu haqida aniq fikr bildira olmaymiz. “Andijon” jamoasini bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Liga Kubogi zaxira o‘yinchilariga imkon berish uchun ham kerak, - deydi Berdiev.
Fikrlar