Ro‘ziqul Berdiev ko‘zlangan natija sirini ochdi

  • 28 aprel, 2022, 00:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 6-turidan o‘rin olgan “Al-Vehdat” – “Nasaf” (2:2) uchrashuvidan so‘ng “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiev hamda o‘yindagi dastlabki gol muallifi Marko Stanoevich matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

Ro‘ziqul Berdiev:

- Assalomu alaykum, avvalo, bizning asosiy maqsadimiz keyingi bosqichga chiqish edi. Buni uddaladik, yigitlarga rahmat aytaman, muxlislarimizni bu bilan tabriklayman. 

O‘yin teng kurashlar ostida kechdi, va natijani o‘z tomonimizda ushlab qoldik. Bugungi o‘yinda asosiy e’tiborimiz natijaga qaratildi. O‘z tariximizda ilk bor keyingi bosqichga chiqishga yaqin edik, shu sababli asosiy e’tiborimizni himoyaga qaratib qarshi hujumlarga tayangan holda o‘yinni tashkil qildik.

Umid qilamanki jamoamiz jurnalistlarda iliq taassurot qoldirdi.

Marko Stanoevich:

- Biz Al Vehdatga qarshi o‘yinda yaxshigina qarshilikka uchradik, ammo kerakli natijani qayd etganimizdan hursandman.

Matn to‘ldirilmoqda...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Жабборов Ахмаджон
28/04/2022 01:46
Насафга омад ўзбекларни футболини бир поғона юқоригакўтардиларинг раҳмат йигитлар
Ffssdgg Vtrdfg
28/04/2022 00:57
Гап йук йигитлар кейинги боскич билан табриклайман бир камчиликларинг бор хакам хуштагини чалмадими тухтаб колманглар 2чи утказиб юборган голда шу йесинда жазоландиларинг бугун галаба сизларники эди барибир натижадан хурсандман кейинги боскич билан табриклайман.
&
фанат.уз
28/04/2022 00:51
Рахмат маза килдик
Umar As
28/04/2022 00:47
Katta raxmat uyin uchun
Хужакулов Хуршидбек
28/04/2022 00:38
Рўзиқул акага гап йўқ рахмааааат
Шухрат Жураев
28/04/2022 13:10
Олга
&
Восток
28/04/2022 00:36
Балли йигитлар