Ro‘ziqul Berdiev: Bugun maydonda harakat qilgan 4 ta hujumchimiz ham birorta zarba bera olmadi

  • 21 iyun, 2020, 22:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘yin og‘ir kechdi. Biz chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynashda muammolarga uchramoqdamiz. Ikkinchi o‘yindirki, shu holat takrorlanyapti. Buning uchun bizning hujum chizig‘i vakillarimiz yaxshi o‘ynashi kerak. Ammo ular bugun maydonda umuman ko‘rinmadi. Bugun 4 ta hujumchi bilan o‘ynadik. Hech biri darvozaga zarba bera olmadi.

Tecno

Undan tashqari «Mash’al» jamoasi bugun 5 kishilik himoyani yaxshi tashkil etdi. Yaxshi qarshi hujumlar ham uyushtirishdi. O‘yin shunday yakunlanishi kerak edi. Chunki biz vaziyat yarata olmadik, muborakliklar ko‘proq himoyalandi.

3 oylik karantin katta ta’sir ko‘rsatishi tabiiy. Tez orada jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘yib olamiz, deb o‘ylayman.

Jamoamizda Dilshod Rahmatullaev sardor. U jamoamizdagi eng tajribali futbolchilardan hisoblanadi.

Biz Muborakdagi maydon bilan bog‘liq muammolar haqida bilardik. Shuning uchun ham bir kun avval kelib tayyorgarlik ko‘rdik. Kelgusida stadion holati yaxshilanishiga umid qilamiz.», - deydi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!