Ro‘ziqul Berdiev: "Birinchi goldan keyin o‘yinimiz buzilib ketdi"

  • 29 sentabr, 2024, 10:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 20-tur yakunlandi. Turning so‘nggi uchrashuvi Toshkentda kechdi. Unda peshqadam "Nasaf" "Bunyodkor" bilan kuch sinashdi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- G‘alabani qo‘ldan chiqardik. Bunga bir nechta sabab bor. Hisob 0:2 bo‘lgan paytida ko‘p narsani o‘zgartirishga ulgurmay qoldik. Birinchi goldan keyin o‘yinimiz buzilib ketdi. Ilk 20 daqiqada biz hujumlar qildik, keyin tempni tushirdik. Ikkinchi bo‘limni ham yaxshi boshladik, ammo keyin to‘p o‘tkazib yuborganimiz biroz rejalarni barbod qildi. Qizil kartochka ham qiynab qo‘ydi.

- Jamoa 0:2 dan keyin OChL haqida o‘ylay boshlagandek...

- Haqiqatan ham keyingi turda bizni ma’suliyatli bahs kutib turibdi. Xalqaro uchrashuvga ham tayyorgarlik ko‘rish uchun ham bugun rotatsiyaga murojaat etdik. 0:2 paytida pozitsion o‘zgarishlarni qilishga ulgurmay qoldik. O‘zimizga kelgunimizga qadar qizil kartocha, umuman olganda ko‘p narsalar bo‘lib ketdi. Balki, yigitlar ham 0:2 dan keyin besh kishi bo‘lib ham Temurxo‘jaga zarba yo‘llash imkoniyatini yaratib berdi. Ularning ham hayoli keyingi bellashuvga ketgan bo‘lishi ham mumkin. Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, 90 daqiqa e’tiborli bo‘lish kerak.

- "Shabab Al Ahli" haqida fikringiz?

- U jamoa haqida sizlarda ham ma’lumotlar etarlicha. Legionerlarini sanab tugata olmadim. Shunga qaramay, hech kimdan qo‘rqmaymiz. O‘tgan turdagi Quvvayt jamoasi bu mamlakati chempioni. Oson o‘yin bo‘lmadi. Issiqda qiynalganimiz ham rost. OKMK bilan uchrashuvni o‘ylagan xolda, biz bir nechta etakchi futbolchimizni qoldirib ketgan edik. Guruhdan chiqish uchun ochko to‘plashimiz kerak. 

- "Bunyodkor" haqida fikringiz? 

- "Bunyodkor" birinchi davrada 13 ta o‘yinda bitta g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi davrada 3 marotaba bu ishni uddaladi. Bu jamoani o‘yinni tashkil etishda o‘sish borligini anglatadi. Qo‘shimchasiga, qarshi hujumlarda ham qo‘shgani sezilmoqda. Mahoratli o‘yinchisi borligi ularni hujim chizig‘idagi ishlarini engilashtirmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Зарипов шоимкул
29/09/2024 12:17
Насафни икки очкодан хакам бенасиб килди Насрулаев йикитилгада жарима белгилаш керак эди хакикий харомхур ифлос хакам экан шу уйиндан олганиёмон кунингга ярасин.