
Roy Kin: "Manchester Yunayted"ning muammosi — futbolchilarning o‘zidir"
"Manchester Yunayted" Premer-liganing 32-turida "Nyukasl"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi — 1:4. Bu jamoaning mavsumdagi 14-mag‘lubiyati bo‘ldi. Bunday natijalar klubning afsonaviy yarimhimoyachisi Roy Kinni ham befarq qoldirmadi.
Kin MYuning falokatli natijalarini tahlil qilib shunday deydi:
"Ularda ligada 14 mag‘lubiyat. Jamoada yugura oladigan futbolchilar etishmaydi. Agar sizni burchakka qamab qo‘yishsa ham, siz vaziyatni tahlil qilishingiz kerak. Nima bo‘lganda ham, bu "Yunayted" jismonan ham, ruhiy jihatdan ham zaif. "Nyukasl" juda tez, kuchli va qat’iy edi.
Jamoaning kelajagi Kinni xavotirga solmoqda
"Men bu jamoada yaxshilanish alomatlarini ko‘rmayapman. Bu jamoa ruhan kuchli ko‘rinmaydi. Hech kim mag‘lubiyatni xushlamaydi, lekin ular aynan shunday mag‘lub bo‘lishmoqda. Ular o‘tgan mavsumda ham 14 marta yutqazishgandi. Bu esa muammoni aynan futbolchilar tarkibida ekanini ko‘rsatadi" – deya ta’rif berib o‘tdi Roy Kin.
Fikrlar