Rossiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Eldor Shomurodov qaysi o‘rinni egalladi?

  • 24 dekabr, 2019, 12:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) va «Sport-Ekspress» nashri talqiniga ko‘ra, Rossiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.

Tecno

Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi, klublar ustozlari, «Sport-Ekspress» jurnalistlari, klublar menejerlari, shuningdek, muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra «Zenit» klubi hujumchisi Artyom Dzyuba Rossiyaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Artyom Dzyuba 222 ochko bilan birinchi, Frantsiyaning «Monako» klubi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin 156 ochko bilan ikkinchi, «Lokomotiv» vakili Gjegoj Krixovyak 129 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Hamyurtimiz Eldor Shomurodov 82 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani band etdi.

Ma’lumot o‘rnida, Rossiyaning «Oltin to‘p» sovrini RFI va «Sport-Ekspress» nashri tomonidan 4 yil oldin tashkil etilgan. Uni dastlab 2016 yilda «Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov, 2017 yilda «Spartak» hujumchisi Kvinsi Promes va 2018 yilda «Zenit» hujumchisi Artyom Dzyuba qo‘lga kiritgandi. Shu tariqa, Dzyuba ushbu sovrinni ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritdi.

full

Rossiyaning 2019 yilgi eng yaxshi futbolchilaridan iborat TOP-10

Futbolchi

Klub

Jurnalistlar

Murabbiylar

Menejerlar

Muxlislar

Jami

1.Artem Dzyuba

Zenit

62

66

46

48

222

2.Aleksandr Golovin

Monako

32

23

21

80

156

3.Gjegoj Krixovyak

Lokomotiv

47

36

30

16

129

4.Eldor Shomurodov

Rostov

4

6

8

64

82

5.Georgiy Jikiya

Spartak

6

11

11

32

60

6.Igor Akinfeev

TsSKA

3

16

20

-

39

7.Sardor Azmun

Zenit

9

3

11

-

23

8.Vilmar Barrios

Zenit

13

7

3

-

23

9.Aleksey Miranchuk

Lokomotiv

7

12

4

-

23

10.Mariu Fernandes

TsSKA

4

11

7

-

22

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!