Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Oston O‘runov haqida nimalar dedi?
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Roman Shirokov Moskvaning "Spartak" klubiga ko‘chib o‘tgan hamyurtimiz Oston O‘runov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"O‘ylashimcha, "Spartak"da O‘runovdan qolishmaydigan tarbiyalanuvchilar bor. Umyarov, Zobnin, Timofeev va Ignatov o‘sishi mumkin. Ehtimol, u erdagilar Ostonga ishonayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo, "Ufa"da o‘ynash boshqa, "Spartak"da o‘ynash boshqa. Bu erda bosim yuqori", - deya Shirokovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Match" telekanali rasmiy sayti.



Fikrlar