Rossiya kubogi. Legionerlarimizning kuni yoxud "Akron", TsSKA va "Rubin"dan g‘alaba, futbolchilarimiz esa gollarda ishtirok etishdi

  • 27 avgust, 2024, 23:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya kubogida 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. "Akron" "Zenit" ustidan zafar quchgan bo‘lsa, TsSKA "Axmat"ni taslim qildi. "Rubin" ham 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Tecno

"Akron" - "Zenit" bahisda dastlab mehmonlar hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Timoshenko imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Penaltilar seriyasida mezbonlarning qo‘li baland keldi. Esanov esa asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakatlandi. Shu bilan birga, seriyada 11 metrlik jarimani aniq amalga oshirdi. 

Shu guruhdan o‘rin olgan "Rubin" 2 ta gol farqi bilan "Fakel"ni taslim qildi. Ashurmatov va Rahmonaliev boshlang‘ich tarkibga kiritildi. Ikkala futbolchimiz ham ikkita golda ishtirok etishdi, lekin ularning hisobiga assist yozilmadi. 

Guruhdagi holat:

"Rubin" - 6 ochko 

"Zenit" - 6 ochko

"Akron" - 6 ochko

"Fakel" - 0 ochko

TsSKA safarda "Axmat"ga qarshi o‘ynab, 2:0 hisobida zafar quchdi. Fayzullaev zaxiradan maydonga tushdi va jamoasining ikkinchi goliga assistentlik qildi. Shu bilan birga, TsSKA gruuhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!