Rossiya EChL finalidan mahrum qilinishi mumkin!

  • 24 fevral, 2022, 20:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar Ligasi final uchrashuvi 28 may kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilinishi lozim edi.

Tecno

"Associated Press" axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, UEFA bu huquqni Rossiyadan olib qo‘ymoqchi. Sabab sifatida Rossiya va Ukraina o‘rtasida kechayotgan mojaro ko‘rsatilmoqda. Yakuni qaror tashkilot ijroiya qo‘mitasining 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan favqulodda yig‘ilishida ma’lum qilinadi.

23 fevral kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Sankt-Peterburgni finaldan mahrum qilishga chaqirgan edi. Eslatib o‘tamiz, EChL hal qiluvchi bellashuvi 28 may kuni "Gazprom arena"da bo‘lib o‘tadi. Bu stadion 2008 yilgi "Chelsi" va "Manchester Yunayted" o‘rtasidagi finalga ham mezbonlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!