Ronalduni hali yana porlashiga ishonadiganlar bor ekan

  • 11 oktabr, 2022, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi ayni paytda AQSh chempionatida “Di Si Yunayted” jamoasini boshqarmoqda.

Tecno

O‘z davrida Krishtianu Ronaldu bilan birga o‘ynagan mashhur futbolchi portugaliyalik to‘purarning hozirgi murakkab vaziyatni engib o‘tishiga ishonmoqda.

Ueyn Runi Goal.com saytiga bergan intervyusida Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchilar, deb bilishini, lekin vaqt ularga ham ta’sir o‘tkazayotganini ta’kidladi.

- Ronaldu hozir 23 yoshidagidek darajada emas, unga zaxira o‘yinchisi bo‘lish hissiyotini qabul qilish juda og‘ir, biroq yana eng yuqori darajaga chiqishi uchun hali imkoniyati bo‘ladi, - dedi Ueyn Runi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!