Ronalduning jamoasi Angliyada mashhur futbolchini olib keladi

  • 19 mart, 14:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”da qolishi uchun yil boshida klub rahbariyatidan tarkibni kuchaytirishni talab qilgan edi.

Tecno

Riyodliklar portugaliyalik yulduz talabini bajarmoqda. Qishda “Aston Villa” to‘purari Jon Duranni 77 million evroga xarid qilgan “An-Nasr” endi Angliya Premer-ligasidan kuchli himoyachi olib kelmoqchi.

Give me Sport nashrining yozishicha, saudiyaliklar “Arsenal” himoyachisi Gabriel Magalyaynsga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ular 27 yoshli braziliyalik futbolchini yozda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan. “An-Nasr” markaziy himoyachini katta maosh bilan o‘ziga og‘dirishni ko‘zlayapti. Shayxlar Magalyaynsga har mavsum uchun 20 million evro miqdorida maosh va’da qilyapti. Bu futbolchining hozirgi maoshidan uch baravar ko‘p.

Manbaga ko‘ra, Gabriel bu mavsumni “kanonirlar” safida tugatganidan keyin yozda “An-Nasr” taklifi bo‘yicha muzokara  o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!