
Ronalduning asosiy muammosi – bu Messi!
Krishtianu Ronaldu bilan bir paytlar “Manchester Yunayted”da birga o‘ynagan Antonio Valensiya portugaliyalik hujumchining asosiy muammosi Lionel Messi bo‘lganini aytdi.
- Har ikki futbolchi o‘zaro raqobatlashgan davrda Ronalduning asosiysi muammosi Lionel Messi edi.
Men oldindagi jahon chempionatida Leo muvaffaqiyat qozonishiga umid qilaman. Chunki bo‘lajak mundial argentinalik yulduz uchun oxirgisi. Leo Argentina muxlislariga g‘alaba taqdim qilishini xohlayman, - dedi Antonio Valensiya.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi faoliyati davomida eng zo‘r futbolchiga beriladigan "Oltin to‘p"ni etti marotaba qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu besh bor shu sovringa loyiq topilgan.
Fikrlar