
Ronalduning agenti yana “Chelsi”ga murojaat qildi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozini Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga joylash fikridan qaytgani yo‘q va bu boradagi harakatlarini davom ettirmoqda.
The Independent nashrining yozishicha, taniqli agent “Chelsi” vakillari bilan uchrashib, ularga yana 37 yoshli to‘purarni klubga qo‘shib olishni taklif qilgan.
Avvalroq, “aristokratlar”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli Ronalduni olishga jiddi qiziqqandi. Biroq bosh murabbiy Tomas Tuxel o‘tgan mavsum portugaliyalik yulduz bilan ishlagan hamyurti Ralf Rangnik bilan maslahatdan keyin, bu transferga to‘sqinlik qildi.
Jorje Mendeshning bu gaplardan xabari bo‘lsa-da, “Chelsi” rahbariyatining fikrini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarini to‘xtatmayapti.
Fikrlar