Ronalduni haydab mazza qilganga o‘xshaydi

  • 6 mart, 2023, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa yulduzi Krishtianu Ronalduni jamoadan ketishi haqida qaror qilgan davrni esladi.

Tecno

- Ronaldudan voz kechishga etarlicha sabablarim bor edi. Bundan tashqari, buning oqibati ham bilardim. Bu qaror salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Lekin men xavotirga tushmadim. O‘sha kunlari ham yaxshi uxladim.

Men klub va jamoani rivojlanishiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qilishim kerak. Bu mening ishim, mas’uliyatim. Qarorlarimning oqibati bilan kelajakda ham to‘qnash kelaman.

O‘shanda bir to‘xtamga kelish uchun atigi 10 kun vaqtim bor edi. Har doim strategiya haqida o‘ylash kerak. Bu men bo‘ynimga olishim shart bo‘lgan mas’uliyat edi, - dedi Erik ten Xag.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!