
Ronalduga taqlid qilardim!
Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogar hisoblangan Karim Benzema hamkasbi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
- Ronaldu bilan o‘xshash tomonimiz bormi? Bu savolga javob berish qiyin. Men undan to‘pni nazorat qilishni o‘rganganman. Ronalduni kuzatib borishni yoqtirardim. Ayniqsa, uning harakatlariga e’tibor qaratardim.
Uning driblingi, zarbalari, to‘p uzatishlarini kuzatish maroqli. Ronaldu nimaiki qilsa, men uni tahlil qilib, o‘zlashtirishga uringanman. Qanchalik harakat qilmay, uning uslubini o‘zining darajasida bajarish imkonsiz, - dedi Karim Benzema.
Ma’lumki, Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu 2009-2018 yillar davomida “Real”ning hujum juftligini tashkil qilgan. Portugaliyalik yulduz Madriddan ketganidan keyin frantsiyalik hujumchi jamoaning haqiqiy etakchisiga aylandi.
Fikrlar