
Ronalduga Masharipov to‘p tepayotgan jamoadan qiziqish bo‘lmoqda
Krishtianu Ronaldu faoliyatini Evropadan tashqarida davom ettirishi mumkin.
"Marca" nashri bergan ma’lumotga ko‘ra, "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilgan portugalga Saudiyaning "Al-Nassr" klubi qiziqish bildirmoqda.
Yozda 37 yoshli hujumchiga Saudiya Arabistoni klubidan yirik shartnoma taklif qilingandi (taxminan ikki mavsumga 250-275 million evro)
Ma’lumot uchun, Ronalduga "Nyukasl" hamda "Chelsi" klubilaridan ham qiziqishlar bo‘lmoqda.
Fikrlar