
Ronalduga bosh murabbiyni o‘zgartirish vakolati berildi
“An-Nasr” safiga qo‘shilgan Krishtianu Ronaldu o‘z xohishiga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyini almashtirish vakolatiga ega bo‘ldi. Bu xaqda CBS Sports nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 37 yoshli to‘purarga bosh murabbiyning ish uslubi yoqmasa, Ronalduning talabi bilan klub boshqa mutaxassisni olib keladi.
Ayni paytda jamoani Rudi Garsiya boshqarmoqda. 58 yoshli frantsiyalik mutaxassis faoliyati davomida “Sent-Eten”, “Dijon”, “Le-Man”, “Lill”, “Roma”, “Marsel” va “Lion” klublarida faoliyat yuritgan.
Garsiya Saudiya Arabistoni jamoasini 2022 yilning yozidan beri boshqarmoqda.
Fikrlar