
Ronalduda muvaffaqiyatsiz seriya davom etadi
"Manchester Yunayted" Angliya kubogi 1/16 final bosqichida "Midlsbro"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
"Qizil iblislar" hujumchisi Krishtianu Ronalduning golsiz o‘yinlari soni 4 taga etdi. 36 yoshli forvard 2022 yilda hali raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgani yo‘q. So‘nggi marta u 2021 yil APL doirasida "Byornli"ga qarshi bahsda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygandi.
Qayd etish lozim, kechagi bahsning birinchi taymini Ronaldu penaltini golga aylantira olmadi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum MYu safida 24 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikrlar