
Ronaldu yana “xurmacha” qiliqlar qila boshladi
“An-nasr” yulduzi Krishtianu Ronaldu “Ash-Shabab”ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin hissiyotlarini jilovlay olmadi.
Portugaliyalik futbolchi o‘yindan keyin uchrashuvni tasvirga olgan operator ustidan suv quyib yuborgan.
O‘sha paytda operator Ronalduni tasvirga olayotgan va futbolchining o‘yiniga qo‘lini siltash orqali munosabat bildirgan edi.
Manbaning yozishicha, bu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi birinchi qilig‘i emas. Avval superto‘purar “Al-Xalij” jamoasi xodimini itarib yuborgani keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Ta’kidlash joizki, Krishtianu Ronaldu beshta uchrashuvdan beri raqiblar darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Bu holat muxlisu mutaxassislar tomonidan tanqid qilinmoqda.
Fikrlar