Ronaldu va’dasini bajardi

  • 28 avgust, 2021, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan ketishi aniq bo‘lganidan keyin ko‘pchilik uni to‘purar hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Manchester Siti”ga o‘tishini kutayotgan edi.

Tecno

Biroq, voqealar rivoji o‘zgarib ketdi va portugaliyalik yulduz sobiq jamoasi “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Bu transferning amalga oshishida ser Aleks Fergyusonning xizmati katta ekan. Ma’lumotlarga qaraganda, ser shogirdiga qo‘ng‘iroq qilib, uni “Old Trafford”da ko‘rmoqchi ekanini aytdi.

Ronalduning “Manchester Siti”ga o‘tadi, deb o‘ylaganlar uni tanqid qilayotgan edi. Chunki Krishtianu 2013 yili  hech qachon “Manchester Siti” uchun o‘ynamasligi, uning qalbi “Yunayted”ga tegishli ekani va uning sha’ni har qanday puldan ustunligini ta’kidlagan edi.

Biroq, Ronaldu so‘zini ustidan chiqdi va yana MYuni tanladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!