
Ronaldu qishda qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi
Krishtianu Ronalduning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda. "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishdan bosh tortgani va "Chelsi"ga qarshi o‘yinda diskvalifikaciya qilingani Ronalduning "Manchester Yunayted"ni tez orada tark etishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
"Sunday World" nashri xabariga ko‘ra, "Chelsi" katta ehtimol bilan yanvar oyida Krishtianu Ronalduni sotib olishga harakat qiladi. Londonliklar yulduzli hujumchiga yozda qiziqish bildirishgan, keyin esa kelishuv amalga oshmay qolgandi. "Aristokratlar"ning oldingi ustozi Tomas Tuxel Ronalduning transferiga qarshi chiqqani haqida mish-mishlar tarqaldi. Sentyabr oyi boshida nemis ishdan bo‘shatildi va hozir Grem Potter jamoada ishlamoqda.
37 yoshli Krishtianu Ronaldu "transfermarkt" portali tomonidan 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar