
Ronaldu o‘zining ikkita goliga munosabat bildirdi
Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turida “An-Nasr” o‘z maydoni “damak” jamoasini 2:0, hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Krishtianu Ronaldu o‘yindan va penaltidan bittadan to‘p kiritib, jamoasining muhim g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Dubl orqali 39 yoshli hujumchi penaltidan 170, milliy chempionatlarda 556, klublar miqyosida 780, professional faoliyatida 915-golini nishonladi.
Uchrashashuvdan keyin Ronaldu o‘z dubliga munosabat bildirdi.
- Uch ochko, ikkita gol va biz mehnat qilishda davom etamiz!, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Fikrlar