
Ronaldu o‘zi o‘ynayotgan klub egasiga aylanadi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu o‘zi o‘ynayotgan klub – “An-Nasr” xo‘jayinlari safiga qo‘shilish imkoniga ega bo‘ldi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, 39 yoshli yulduz ayni paytda riyodliklar bilan hamkorlik masalasila muzokara olib boryapti.
“An-Nasr” unga bir yillik kelishuv va bu muddat uchun 200 ming evroga yaqin maosh bermoqchi. Bundan tashqari, rahbariyat Krishtianu Ronalduga “An-Nasr”ning besh foizlik aktsiyalarini olib, klub egalari qatoriga qo‘shilishni taklif qilgan.
Ronaldu 2023 yilning yanvaridan beri “An-Nasr” sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu jamoa safida hozirgacha 90 ta uchrashuvda maydonga tushgan Krishtianu o‘z hisobiga 81 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar