Ronaldu MYuning yosh futbolchilari haqida gapirdi

  • 4 iyun, 2022, 14:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar”ning yosh futbolchilari haqida gapirdi.

Tecno

Ronaldu klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida akademiya tarbiyalanuvchilariga ko‘proq imkoniyat berish va ularga ortiqcha bosim o‘tkazmaslik kerakligini aytdi.

"Agar yosh yigitlar mendan maslahat so‘rashsa, men ularga albatta yordam beraman", — dedi Krishtianu.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Yakuniga etgan mavsumda “Manchester Yunayted” 58 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!