Ronaldu muxlislari uchun noxush xabar bor

  • 17 aprel, 2021, 17:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyaning 31-turidan o‘rin olgan "Atalanta"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi.

Tecno

"Keksa sinora" bosh murabbiyi Andrea Pirloning aytishicha, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi son mushaklaridan jarohat olgan. Shu sababli u Ronalduni maydonga tushirib, tavakkalga qo‘l urmoqchi emas.

Krishtianu joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 32 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, "Atalanta" - "Yuventus" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
17/04/2021 18:11
Соғлик тилаб қоламиз футбол афсонасига.