Ronaldu Masharipov bilan uchrashuvga bormoqchi emas

  • 5 oktabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo elit chempionlar ligasi doirasida Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi Eronda “Istiqlol” futbolchilari bilan kuch sinashishi kerak.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, saudiyaliklar 22 oktyabrga belgilangan uchrashuvda qatnashish uchun Eronga borishni istamayapti.

“An-Nasr” klubi Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat tufayli o‘z jamoasi futbolchilarining hayotini xavfga qo‘ymoqchi emasligini ta’kidlamoqda.

Tehrondagi o‘yin ko‘pchilikni Krishtianu Ronaldu kelishi sababli qiziqtirib qo‘ygan. Biz uchun ahamiyatlisi esa, Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida sobiq jamoadoshi Jaloliddin Masharipov bilan uchrashishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!