
Ronaldu: "Martines tanqidlarga loyiq emas"
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesni qo‘llab-quvvatladi.
51 yoshli ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasi finalida Ispaniyani penaltilar seriyasida (2:2, 5:3) mag‘lub etib, chempion bo‘ldi.
"Bu avlod juda ko‘p narsaga loyiq, ayniqsa murabbiy. U haqida aytilgan gaplar adolatsiz edi. U ko‘p tanqid qilindi, holbuki bunga loyiq emas. U terma jamoaga juda mos keladigan murabbiy. U mashg‘ulotlar va o‘yinlarga katta ishtiyoq bilan yondashadi.
U portugaliyalik bo‘lmaganini hisobga olsak, men uni yanada ko‘proq qadrlayman. Biz unga hurmat bilan yondashishimiz va tinch ishlashiga imkon berishimiz kerak. Germaniya va Ispaniya ustidan qozonilgan g‘alabalar bilan yakunlangan bu kabi musobaqadan so‘ng, futbolchilar va murabbiylar shtabiga munosib e’tibor va hurmat ko‘rsatishimiz zarur", — dedi Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Ronaldu.
Fikrlar