
Ronaldu "Manchester Yunayted"ning 4 nafar futbolchisini Saudiya Arabistoniga taklif qildi
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ning 4 nafar futbolchisni mahalliy chempionatdagi o‘yinni tomosha qilishga taklif qildi.
Gap Harri Maguayr, Brunu Fernandesh, Kazemiro va Rafael Varan haqida ketyapti. Krishtianu bu futbolchilarni ta’til paytida Saudiya Arabistonida yoki Portugaliyada qurayotgan katta villasida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu "qizil iblislar"ni janjal bilan tark etgandi. Portugaliyalik forvard "An-Nasr" safida ikkita o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Futbolchi hozircha samarali harakat amalga oshirmadi.
Fikrlar