Ronaldu "Manchester Yunayted"ni qanday" o‘zgartirdi?!

  • 8 oktabr, 2021, 22:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu "Manchester Yunayted"ga qaytgach, klubda katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlana boshladi. O‘zining debyut uchrashuvidayoq "Nyukasl" darvozasini 2 bor ishg‘ol qilgan yigit matbuot anjumanida ortga nima maqsadda qaytib kelganini yashirib o‘tirmadi:

Tecno

"Bizda yoshlarga suyangan ajoyib tarkib mavjud. Murabbiyimiz ham mahoratli, biroq ularni o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish lozim. Maqsadimiz APL va EChLda zafar quchish. Buning uchun, sovuqqonroq harakat qilish talab etiladi. O‘ylashimcha, biz to‘g‘ri yo‘ldan boryapmiz. Men aynan shu maqsadlarni oldimga qo‘ygan holda "Manchester Yunayted"ga qaytdim."

36 yoshda bo‘lishiga qaramay, u shunchaki super formada. Dunyoning eng intensiv ligasida Krish o‘zini yo‘qotib qo‘ygani yo‘q. Endi bu bilan chegaralanib qolmay, jamoadoshlarini ham o‘z bo‘yidan balandroq sakrashga o‘rgatmoqda.

43ogo34kgo34kg

Uning debyuti nimalarga sabab bo‘ldi?

Taniqli "The Athletics" nashri "Manchester Yunayted"ning kiyinish xonasidagi insayd ma’lumotlar jam bo‘lgan kattagina maqolani chop etdi. Undagi, eng muhim voqealar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Ronaldu jarima zarbasini yo‘llashni mashq qilayotgan edi. Uning bir zarbasi shu qadar chiroyli chiqdiki, buni ko‘rib turgan Jeydon Sancho Krishga yaqin keldi va zarba qanday uslubda yo‘llangani bilan qiziqdi. Portugal yosh jamoadoshiga o‘z bilganlarini o‘rgatdi va 20 daqiqa ular birga shug‘ullandi.

Bugungi kundagi ko‘plab futbolchilar Ronalduning o‘yinlarini tomosha qilib katta bo‘lgan. Butun umr muxlis bo‘lgan futbolchi bilan birga mashg‘ulotda ishtirok etish ularga qo‘shimcha motivatsiya taqdim etmoqda.

"Nyukasl" bilan o‘yin oldida Ronaldu barchani bir erga jamladi va ularga iliq kutib olishgani uchun minatdorlik bildirdi. U yangi jamoadoshlariga qarata:"Siz dunyodagi eng yaxshi futbolchilarsiz. Sovrin yutishning hozir ayni payti!", - dedi.

0_GettyImages-1339668752

Ronaldu ortga qaytgach, allaqachon ketish uchun jamadonlarini yig‘ib qo‘ygan Pol Pogba ham ikkilanib qoldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida o‘z yakuniga etadi. Shu bois futbolchining agenti allaqachon boshqa klub vakillari bilan yashirin muzokaralar boshlagan. 28 yoshli yarim himoyachi Varan, Sancho va Ronaldu transferidan so‘ng, hech qaerga ketmaslik borasida bosh qotirmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, frantsuz allaqachon yangi shartnomaning ayrim bandlari bo‘yicha o‘z agenti bilan kelishib olgan.

Nega, futbolchilar shirinlikdan voz kechmoqda?

"MYu"ning zaxira darvozaboni - Li Grantning aytishicha, klub futbolchilari Ronaldu singari sog‘lom turmush tarzini afzal ko‘rishni boshladi.

"Juma kuni kechgi taomdan so‘ng, bizga istagan shirinlikni iste’mol qilishga ruxsat beriladi. Kimdir shokolad, yana kimdir olmali pirogni xush ko‘radi. Barcha desertdan tatib ko‘rgandi. Krish kelgach, hech kim shirinlikka qo‘l urmay qo‘ydi. Barchaning e’tibori Ronalduning likopchasida. Hammaga, dunyoning eng yaxshi futbolchisi nima iste’mol qilishi qiziq.

_120518094_gettyimages-1339662640

Razm solib qarasangiz, Krish faqat tabiiy va foydali mahsulotlarni iste’mol qiladi. Krupa, kenoa, avokado va ikkita suvda qaynatilgan tuxum! Buni ko‘rgan barcha, zararli ovqatga qo‘l urishni istamadi. Klubdagi eng zo‘r formaga ega yigitga o‘xshashni kim istamaydi deysiz?!

fl3p4lfp34lpf3l4f

Ronaldu — to‘g‘ri ovqatlanish "qiroli"!

Portugaliyalik futbolchining ratsioni borasida turli mish-mishlar yuradi. Keling, barchasini oydinlashtiramiz. Uning bir sutkalik taomnomasi bilan tanishing:

2-4 soat interval bilan kuniga 6 bor ovqatlanish. Bu organizmda moddalar almashinuvini yaxshilashga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, tanadagi energiya bemalol 2 marotaba og‘ir mashg‘ulot o‘ktazish uchun imkoniyat yaratadi. Ronaldu asosan baliq, dengiz mahsulotlari va sabzavotlarga katta e’tibor qaratadi. Eng muhimi, 3 ming kaloriyadan oshmasligi shart!

Gazli ichimliklar, shakar, fastfud, shokolad, pivo, turli souslarni "menyu"dan olib tashlaganiga deyarli 10 yil bo‘ldi.

Ronalduning bir kunlik taomnomasi:

Nonushta: yog‘siz tvorog yoki mevali bo‘tqa. Ba’zan, tuxum ham stolda paydo bo‘lishi mumkin.

Tushlik oldidan: Bir nechta meva yoki engil salat.

Tushlik: ikki portsiya salat, bir parcha go‘sht yoki baliq.

Kechki taom oldidan: Nok, olma, apelsin va limon sharbatidan biri tanlanadi.

Kechki taom: Guruch yoki dukkakli o‘simliklar bilan dimlangan baliq! Eng muhimi, uyqudan 4 soat avval bu taom stolda bo‘lishi shart!

Butun kun davomida: "Krish" deyarli kun bo‘yi suv ichadi. Shuningdek, proteinli kokteyllar va multivitaminlar ham bot-bot uning ryugzagida ko‘rinish beradi.

Ronalduning eng yoqtirgan taomi qaysi?

Krishtianu o‘z intervyularida "Bakalyau"ga mehri bo‘lakcha ekanligini yashirib o‘tirmaydi. Bu go‘sht, piyoz, kartoshka va tuxumdan tayyorlanadigan taom bo‘lib, uni futbolchi bir necha oyda bir bor iste’mol qilishi mumkin. Har holda, 500 kaloriya bu birgina taom uchun kattalik qiladi.

Vaholanki, Ronaldu yoshlik chog‘ida o‘zini gazli ichimlik va fastfud bilan tez-tez "mehmon" qilib turar edi. Bir kuni Giggz Krishtianuning qo‘lidagi "Coca Cola"ni ko‘rib, g‘azabini bosa olmay qoladi. Jamoaviy nonushtaga yigilganlarga qaramay, Rayan Ronalduni yoqasidan ushlab: "Bu la’nati ichimlikni hech qachon ichma",-deydi.

Krishtianu klub faxriysiga hech narsa demaydi, ammo 3 kundan so‘ng, javob qaytaradi. U maydonda xet-trik qayd etgach, 3-golni Giggzning oldida nishonlaydi. U yarim g‘azab, yarim hazil ohangda: "Men istaganimni ichaman! Buni bilib qo‘y, Giggz!" Uels futboli afsonasi o‘yindan so‘ng unga ichimlikning zarari haqida uzoq so‘zlab beradi. Eng qizig‘i shundaki, o‘sha paytlari Rayan boshqa bir gazli ichimlik brendi - Pepsi bilan shartnomaga ega edi! Aslida, bu umuman boshqa hikoya...

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!