Ronaldu “Manchester Siti” futbolchilariga yoqmaydigan maslahat berdi

  • 30 dekabr, 2024, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” joriy mavsumda o‘yin va natijalar borasida katta inqirozni boshdan o‘tkazdi. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoasi chempionlik uchun kurashdan chiqib ketganini tan oldi.

Tecno

“An-Nasr”da o‘ynayotgan 39 yoshli  Krishtianu Ronaldu “shaharliklar” tushgan holatga izoh berib, o‘yinchilarga o‘zini qanday tutish yo‘lini ham ko‘rsatdi.

- Har qanday jamoada yuksalish va pasayishlar bo‘lishi tabiiy hol. Hozir “Manchester Siti” uchun ana shunday yoqimsiz vaziyat yuzaga kelgan. Biroq bu jamoa undan chiqib keta oladi.

Men “Manchester Siti” futbolchilariga ommaviy axborot vositalarida aqllilik qilguncha, bor mahoratini maydonda ko‘rsatishni maslahat beraman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!