Ronaldu ketsa, barcha uchun yaxshi bo‘ladi

  • 8 noyabr, 2022, 15:51
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qishda vatani "Sporting"ga qaytishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi rahbariyati 37 yoshli portugaliyalik qishda jamoasini o‘zgartirishi ortidan mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xagning pozitsiyasi va jamoadagi muhit yaxshi tomonga o‘zgarishiga umid qilmoqda. 

Joriy mavsumda Ronaldu “qizil iblislar” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Transfermarkt" portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!