
Ronaldu ketaver, o‘rningga zo‘ri topildi
“An-Nasr” sport direktori Fernando Yerro jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronalduni yangi shartnomaga ko‘ndira olmayapti.
Ispaniyalik mutaxassis portugaliyalik hujumchi mavsum davomida hamkorlikni uzaytirish uchun bajarilishi murakkab bo‘lgan talablarni qo‘yib kelayotganini oshkor qildi.
Shu bilan birga “An-Nasr” mutasaddilari Ronaldu ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga qaysi yulduzni olib kelish masalasini ham hal qilib qo‘ydi.
Manbaga ko‘ra, riyodliklar “Liverpul” hujumchisi Luis Diasni nishonga olgan. Angliyaning yangi chempionlari o‘z o‘yinchilariga bo‘layotgan qiziqish haqida xabar topdi.
“Qizillar” saudiyaliklarning e’tiboridan keyin kolumbiyalik qanot hujumchisi bilan shartnomani yangilash harakatiga tushib qoldi.
Luis Dias yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 50 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 17 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatdi.
Fikrlar