
Ronaldu kelajagi borasida qaror qabul qildi
Krishtianu Ronaldu yana bir mavsum Saudiya Arabistonida qoladi.
"An-Nasr" 39 yoshli hujumchi bilan shartnomasini 2026 yilning iyunigacha uzaytirish borasida dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Mutab Al-Avad xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchining Ar-Riyod klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.
Joriy mavsum Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 13 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan.
Fikrlar