Ronaldu: "Iloji bo‘lganda hech qaysi klubda o‘ynamas edim"
Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyati haqida fikr yuritdi. 40 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, agar imkoni bo‘lsa, u butun faoliyatini Portugaliya terma jamoasida o‘tkazishga tayyor.
"Men terma jamoada 22 yildan beri o‘ynayman. Menimcha, bu o‘z-o‘zidan terma jamoa libosiga, g‘alabalarga, terma jamoada o‘ynashga bo‘lgan ishtiyoqimni ko‘rsatadi. Qo‘limdan kelsa, hech qaysi klubda faqat milliy terma jamoada o‘ynagan bo‘lardim! Chunki bu futbolchi faoliyatining cho‘qqisi, kulminatsiyasidir", - dedi Ronaldu Portugal Football Globe marosimida.
Klublar miqyosida Krishtianu Ronaldu "Sporting", "Manchester Yunayted", "Real", "Yuventus" va "An-Nasr" klublarida o‘ynagan.



Fikrlar