
Ronaldu faoliyatidagi yubiley golini urdi
Krishtianu Ronaldu "Al-Vehda" - "An-Nasr" uchrashuvining 21-daqiqasida hisobni ochdi. Portugaliyalik yulduz uchun ushbu gol barcha chempionatlarda urgan 500-goli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu faoliyati davomida La Ligada 311 ta, APLda 103 ta, A Seriyada 81 ta, Portugaliya ligasida 3 va Saudiya chempionatida 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Krishtianu poker qilgan o‘yinda "An-Nasr" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar