Ronaldu do‘stini o‘z jamoasiga chorlamoqda

  • 22 fevral, 2023, 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubida o‘ynagan mashhur himoyachi Marselo faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, "An-Nasr" braziliyalik erkin agent bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda. Tomonlar dastlabki muzokaralarga kirishdi.

Tecno

Ushbu transferga Marseloning "Real"dagi sobiq jamoadoshi va yaqin do‘sti Krishtianu Ronalduning shaxsan o‘zi qiziqmoqda. Ayni damda Marselo "Olimpiakos"ni tark etgandan so‘ng erkin agentga aylangan.

34 yoshli janubiy amerikalik futbolchi joriy mavsumda Gretsiya chempionatida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!