
Ronaldu bir hafta ichida yana fantastik futbolchiga aylanadi
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa to‘purari Krishtianu Ronalduga hamon katta ishonch bildirishini ma’lum qildi.
- Men Ronaldu bilan gaplashdim. U faoliyatida davomida 700 dan ortiq gol urgan. U bu natijaga markaziy hujumchiga qaraganda kengroq va erkinroq o‘ynab erishgan. U bir hafta ichida avvalgi darajasiga ko‘tarilib, fantastik futbolchiga aylanadi, - dedi Sarri.
Sarrining faqat markaziy hujumchi sifatida o‘ynash taklifini keskin rad etgan 35 yoshli Ronaldu joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va to‘rtta golli pas uzatdi.
Fikrlar