
Ronaldu BAAning oltin vizasiga ega bo‘ldi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “keksa sinora”ning 6 nafar nomi oshkor etilmayotgan futbolchisi Birlashgan Arab Amirliklarining oltin vizasiga ega bo‘lishdi.
Dubay sport ittifoqi yulduzli futbolchilar sonini ko‘paytirib, mamlakatga investitsiya olib kelmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, BAA fuqarolari va rezidentlari mol-mulk solig‘i, daromad solig‘i va shaxsiy kapital uchun joriy etilgan solig‘larni to‘lashmaydi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Ronaldu “Yuventus” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 24 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar