Ronaldu aybini bo‘yniga oldi. Ten Xag esa "qovun tushirdi"

  • 12 oktabr, 2022, 22:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA)ning autizm bilan kasallangan bolaning telefoni sindirgani bilan bog‘liq hodisada nomaqbul xatti-harakat qilgani haqidagi da’volariga rozi bo‘ldi.

Tecno

Avvalroq, 12 oktyabr kuni “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag matbuot anjumanida Ronaldu FA ayblovlarini qabul qilmasligini aytgandi.

Niderlandiyalik mutaxassisning ingliz tilini bilish darajasi mukammallikdan yiroq, shu bois “Yunayted” rahbariyati murabbiyning gaplariga tezda oydinlik kiritishga harakat qildi. Aftidan, u Ronaldu uzoq muddatli diskvalifikatsiyaga rozi bo‘lmasligini aytmoqchi bo‘lgan.

Aprel oyida "Manchester Yunayted" "Gudison Park"da "Everton"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, Ronaldu autizm bilan kasallangan 14 yoshli bolaning qo‘lidan telefonni urib, sindirib yubordi. Hujumchi voqea yuzasidan politsiya tomonidan ogohlantirilgan va o‘smirdan kechirim so‘ragan.

Sentyabr oyida FA Ronalduni tajovuzkor xatti-harakatlari sabab E3 qoidasini buzganlikda aybladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!