Ronaldino Chempionlar ligasini kim qo‘lga kiritishini aytdi

  • 21 may, 18:45
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya futboli afsonasi Ronaldino sobiq klubi PSJning Chempionlar ligasini yutish imkoniyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

—  Men Evropaga kelganimda, meni PSJda juda iliq kutib olishdi. Bu sovringa erishish uchun yillar davomida harakat qildim. Hozirda ular ajoyib murabbiyga ega va umid qilamanki, ular uzoq kutilgan Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritishadi, – deya Ronaldinoning so‘zlarini Marca nashri.

Chempionlar Ligasi finali PSJ va "Inter" jamoalari o‘rtasida 31 may kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, PSJ hali biror marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan emas. Frantsiyaning grand klubi turnir finalida faqat 2020 yilda o‘ynagan. O‘shanda, parijliklar "Bavariya"ga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!