
Romano: "Brayton" Milner bilan kelishuvga erishdi"
“Liverpul” yarim himoyachisi Jeyms Milner kelasi mavsumda Angliya premer-ligasining boshqa jamoasini himoya qiladi. Jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qilishicha Milner keyingi mavsum “chayqalar” sharafini himoya qiladi.
Milner kelasi mavsum oxirigacha “Brayton” bilan shartnoma imzolaydi. Angliyalik futbolchining Mersisayd klubi bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va u erkin agent sifatida yangi jamoaga ko‘chib o‘tadi.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar transferning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib olgan. Milner "Liverpul"da 2015 yildan beri o‘ynab kelmoqda. U "Manchester Siti"dan tekinga o‘tgan. Yurgen Klopp jamoasida angliyalik xavbek yutishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar