
Romano "Barselona" va Uilyams o‘rtasidagi muzokaralar qay tarzda ketayotganiga oydinlik kiritdi
Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Barselona" 22 yoshli vinger Niko Uilyams bilan 6 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, futbolchi soliqlar to‘langanidan so‘ng yiliga 7–8 million evro maosh oladi.
Hozirda kataloniyaliklar "Atletik Bilbao" bilan transferning moliyaviy jihatlarini muhokama qilmoqda.
Yakuniga etgan La Liga mavsumida Uilyams 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli pas qayd etdi.
Shuningdek, bir necha kun oldin hujumchi "Bavariya"ga o‘tishni rejalashtirayotgani va shaxsiy kelishuvlar ham amalga oshgani aytilgan edi. Bundan tashqari, futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Fikrlar