
"Roma"ning navbatdagi o‘yin uchun taxminiy tarkibi bilan tanishing
Bugun Italiya A Seriyasi 2-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi safarda "Salernitana" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan "La Gazette dello Sport" nashri mazkur qarama-qarshilik uchun taxminiy tarkiblarni e’lon qildi. Shomurodov bugungi bahsni ham zaxira o‘rindig‘ida boshlashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi turda ham Temmi Abraxam legionerimiz o‘rniga o‘yinni asosiy tarkibda boshlagandi.
Fikrlar